BESHTRAMSOY — Navoiy viloyati Navoiy tumanidagi soy. Yuqori oqimida Oqtoshsoy, oʻrta va quyi oqimida Shoʻrgʻasoy deb ham ataladi. Qoratogʻning jan. yon bagʻrida 1100 m balandlikdan boshlanadi. 9 ta irmogʻi bor. Uz. 22 km, havzasining mayd. 41 km2. B. juda kamsuv. Yomgʻir, qor va buloq suvlaridan toʻyinadi. Bahorda suvi koʻpayadi. Baʼzan sel oqimi kuzatiladi. Yozda suvi sugʻorishga sarf boʻladi va Zarafshon daryosiga yetmasdan qurib qoladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые