ALANCHUQ

ALANCHUQ — Jan. Ozarbayjon (Eronning shim.-gʻarbi)dagi togʻ yon bagʻrida joylashgan mustahkam qalʼa. A. uch pogʻona (yarus)dan iborat, har bir pogʻonaning qalin va baland devorlari boʻlgan. Alanchuq sosoniylar davrida Vizanti-yaga qarshi istehkom sifatida bunyod etilgan. Keyinchalik uning yuqori pogʻonalari barpo qilingan. Tarixiy manbalarda Alanchuq haqida ilk bor Amir Temurning «uch yillik yurishi» (1386—88) munosabati bilan qayd qilingan. 1387-y. kuzida Sohibqiron Sulton Ahmad Jaloyirni taʼqib etib, Alanchuqqa duch kelib, uni qamal qilgan. Qalʼaning birinchi pogʻonasi olingach, Toʻxtamishning Movarounnahrga qilgan chopquni xabari olinishi munosabati bilan qamal toʻxtatilgan. Amir Temur A. ni ikkinchi marta «besh yillik yurish» (1392 — 96) paytida, 1394-y. mayida qamal qilgan. Qamal ishlarini Muhammad Darvesh Barlos boshchiligida qoʻshin olib borgan, qamal choʻzilib ketganligi bois bu vazifa Mironshoh mirzoga topshirilgan. Biroq 1395-y. Toʻxtamishga qarshi qilingan yurish tufayli Alanchuq qamali yana toʻxtatilgan. Amir Temur Oltin Oʻrdani tor-mor etib qaytgach, 1396-y. oʻrtasida Alanchuqni musaxxar (tobe) qilgan. «Yetti yillik yurish» (1399—1404) paytida A. Amir Temurning harbiy istehkomi vazifasini oʻtagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x