BIGARADIYA

BIGARADIYA,achchiq apelsin, poʻrtaxol (Citrus aurantium L.) — toshbaqatoldoshlar oilasiga mansub doim yashil oʻsimlik. Bigaradiyaning vatani — Jan. Sharqiy Osiyo. Kavkazning Qora dengiz boʻyida tarqalgan. Bigaradiyaning guli yirik, oq, qoʻsh jinsli. Mevasi dumaloq, uchi bir oz yassi, oʻrtacha ogʻirligi 100 — 150 g, qobigʻi qalin, gʻadirbudur, och qizil, goyat xushboʻi, 10 — 20 pallalik, jigarrang, urugʻi koʻp. Mevasi yeyishga yaramaydi, murabbo, kompot qilinadi. Bargidan turli efir moylari olinadi. Bigaradiya urugʻi va qalamchasidan koʻpaytiriladi. Uzbekistonda Bigaradiya apelsin, limon va mandarin kabi sitrus oʻsimliklar uchun payvandtag sifatida ishlatiladi yoki manzarali daraxt sifatida tuvaklarda oʻstiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x