ADMIRALTEYSTVO OROLLARI

ADMIRALTEYSTVO OROLLARI — Tinch okeandagi vulkan va marjon orollari; Bismark arxipelagida. PapuaYangi Gvineya tarkibida. Mayd. 2072 km2 (eng katta oroli Manus o. — 1554 km2). Asosiy shahri — Lorengau. Aholisi qariyb 40 ming kishi, asosan papuaslar. Eng baland joyi 719 m (Manus o. da). Orollar oʻrmon bilan qoplangan. Kokos palmasi oʻstiriladi, baliq ovlanadi. Admiralteystvo orollarini 1527—29 y. larda ispan dengizchisi A. Saavedra kashf etgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x