BERMUDA OROLLARI

BERMUDA OROLLARI — Atlantika okeanining shim. gʻarbidagi bir tuda (150 tacha) marjon orollar, Shim. Amerikadan 900 km sharqda. Buyuk Britaniya mulki. Mayd. 53,3 km2. Aholisi 61 ming kishi (1990). Maʼmuriy markazi — Gamilton sh. (Bermuda o. da). Orollardan eng kattasi — Bermuda o. soʻngan suv osti vulkani choʻqqisidan iborat (bal. 79 m gacha). Iqlimi tropik sernam iqlim. Yogʻin 1350 mm chamasida. Eng salqin oy (mart)ning oʻrtacha t-rasi 16,7°, eng issiq oy (avg.)ning t-rasi 26,7°. Dam olish zonasi. Turizm rivojlangan. Banan, sitrus oʻsimliklari, erta pishar sabzavotlar va gullar (eksport uchun) yetishtiriladi. Ispan dengizchi sayyohi X. Bermudes tomonidan 1522-y. da kashf etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x