BERIBERI

BERIBERI (singalcha beri — darmonsizlik) , V, avitaminoz, alimentar polinevrit — ovqatda V, vitamin (tiamin) yetishmasligi va uning organizmda oʻzlashtirilishi buzilishidan paydo boʻladigan kasallik. 1910—30 y. larda Oʻrta Osiyoda, jumladan Oʻzbekistonda ham qayd qilingan. Bunga nuqul oklangan (kepaksiz) guruch yeyish sabab boʻlgan. Kasallik sababini Yava orolida ishlab turgan gollandiyalik vrach Eykman 1897-y. da aniqlagan. U tovuklarni suvda pishirilgan toza oqshoq bilan boqqanda shu kasallik roʻy bergan. Ularni guruch kepagi bilan boqqanda esa tuzalgan. Keyinchalik guruch kepagida V, vitamin borligi aniqlandi.

Kasallik asosan Jan., Jan. Sharqiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlarida uchraydi. Bunda kuproq periferik nsrvlar zararlanib (polinevrit), yuraktomir sistemasi va ovqat hazmi buziladi. muskullar (ayniqsa oyoq, boldir muskullari) atrofiyasi, shishi kuzatiladi; oyoq muskullari qattiq ogʻriganligi va shishib ketganligi tufayli bemor tovonini ayab, barmoklariga va osq panjasining tashqi chekkasiga tayanib yuradi. Kasallikning oldini olish uchun kepakli javdar va bugʻdoy noni, suli yormasidan pishirilgan ovqatlar buyuryladi. Bemorlar V, vitamin preparatlari, achitqi, undirilgan bugʻdoy va b. bilan davolanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x