AGRIPPA Mark Vipsaniy

AGRIPPA Mark Vipsaniy (taxm. mil. av. 63 — 12) — Rim sarkardasi va davlat arbobi. Mil. av. 41 y. da Peruziya sh. ni qamal qilishda rahbarlik qilgan. Sekst Pompeyga qarshi Mil va Navloxdagi jangda (36 y.) gʻalaba qilgan. Avgustnit bosh harbiy yordamchisi. Mil. av. 23 y. da imperator Avgustning qizi Yuliyaga uylanadi va tez orada yordamchisi hamda kuyovi sifatida uning vorisi boʻlib qoladi. Agrippa dastlabki dunyo xaritalaridan birining muallifi. Adib va yer haqidagi ilmni biluvchi sifatida ham tanilgan. Rim obodonchiligiga katta hissa qoʻshgan (Panteon ibodatxonasi va h. k. qurgan).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x