BARXAN (turkiycha) — qumli choʻl va chala choʻllardagi relyefning koʻchma qum shakllari. Shamol yoʻnalishiga koʻndalang boʻladi. Barxan yiliga oʻrta hisobda bir necha sm dan yuzlab m gacha koʻchadi. Qizilqum va Qoraqum choʻllarining baʼzi joylarida qattiq shamol vaqtida yangi Barxanlar paydo boʻladi yoki eskilari joyini oʻzgartiradi. Barxanlar tepadan qaraganda koʻpincha yoy, yarim oy shaklida boʻladi. Shamolga roʻpara yon bagʻirlari qiya (5° — 14°), shamolga teskari yon bagʻirlari tik (30° gacha) boʻlishi mumkin. Barxan uchlari shamol kuchiga, qumning namligi, tarkibiga qarab uzun yoki qisqa boʻladi. Barxan bal. 0,7 m dan 20 m gacha, hatto murakkab shakllari 200—300 m va undan ham baland boʻladi. Shamol harakatiga qarab Barxanning toʻplanishi turli shakllar oladi: barxan tepalari, barxan zanjirlari, barxan piramidalari va h. k. Qum kam boʻlgan qattiq yerlarda, koʻpincha taqirlarda yakka-yakka Barxanlar uchraydi. Tutash qumlarda murakkab Barxan tizmalari vujudga keladi. Barxan tizmalari Amudaryo sohillarida, Sandiqli, Kanpirak, Qoraqum choʻllarida, shuningdek Markaziy Fargʻonadagi Yozyovon choʻlida uchraydi. Barxanlar nisbatan yaxshi nam toʻplaydi va ihota qilinadigan boʻlsa, daraxtzor boʻlib qolishi mumkin. Avvallari Buxoro, Qorakoʻl vohalarining shim. qismidagi bir qancha unumdor yerlar, qishloqlar koʻchma qum ostida qolib ketar edi, endilikda saksovul va b. oʻsimliklar ekilib, uz. 125 km, eni 3 — 4 km daraxtzorlar barpo qilindi va qum koʻchishi toʻxtatildi. Yana q. Eol relyef shakllari.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
Войти через
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии