BALXI TUT

BALXI TUT (Mogassas) — tutdoshlar (tutsimonlar oilasi)ga mansub daraxt. Vatani hoz. Afgʻoniston (Balx sh. nomidan). Gʻarbiy va Jan. Osiyoda koʻp. Balxi tut xalq seleksiyasi yoʻli b-n chiqarilgan. Oʻzbekistonda asosan mevasi uchun yetishtiriladi. Bargidan ipak qurti boqishda ham foydalaniladi. Bargining toʻyimlilik darajasi (ayniqsa, 4 — 5 yoshlik qurt uchun) juda yaxshi. Shox-shabbasi tarvaqaylab oʻsadi, balandligi va shox-shabbasining kengligi 18 — 20 m. Mevasi toʻpmeva, oq, shirin, urugʻsiz. Bargi seret, silliq, toʻq yashil, kattaligi oʻrtacha (boʻyi 18 sm, eni 17 sm), yozda dagʻallashadi. Har tupidan 12 — 30 kg barg olinadi. Mevasi yangiligida va quritilgan holda isteʼmol qilinadi, undan tutmayiz, tut holvasi, shinni ham tayyorlanadi. Balxi tut sovuqqa chidamli, payvand qilish yoʻli bilan koʻpaytiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x