BALLISTOKARDIOGRAFIYA

BALLISTOKARDIOGRAFIYA (yun. ballo — otaman, kardia — yurak va grapho — yozaman) — yurakning gemodinamik faoliyatini tekshirish usuli. Bunda yurak qisqarishi va qonning yirik tomirlar boʻylab harakati bilan bogʻliq holda odam tanasida sodir boʻladigan mexanik harakatlar qayd qilinadi. Buning uchun maxsus asbob — ballistokardiograf ishlatiladi. Ballistokardiografiyaning umumiy, bevosita, bilvosita va b. xillari bor.

Ballistokardiograf va harakatlarni yozib olish chogʻida hosil boʻlgan egri chiziq — ballistokardiogramma (BKG)ga qarab yurak muskulining qay darajada qisqarayotganligi haqida bir fikrga kelinadi. Ballistokardiogrammaning oʻzgarishi yurak faoliyatida biror illat borligini koʻrsatadi, ammo aniq tashhis qoʻyishga imkon bermaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x