BALANCHIVADZELAR

BALANCHIVADZELAR — jahonga tanilgan gruzin sanʼatkorlar oilasi. Meliton Antonovich (1862.12/ 24.12, Chxaltubo tumani Banoja qishlogʻi — 1937.21.11, Kutaisi) — kompozitor, opera xonandasi, jamoat arbobi, musiqa folklorshunosi. Gruziya xalq artisti (1933). Gruziya kompozitorlik sanʼatining asoschilaridan, birinchi gruzin operasi («Darejon», 1897), ilk gruzin romanslarining muallifi. Tbilisida etnografik xor (1882), Peterburgda mashhur gr«uzin konsertlari»ni (1895 — 1917), Kutaisida musiqa bilim yurtini (1918) tashkil qilgan. Andrey Melitonovich (1906.19.5/1.6, Peterburg — 1992, Tbilisi) — kompozitor, pedagog, jamoat arbobi. Meliton Antonovichning oʻgʻli. Tbilisi (1927) va Leningrad (1931) konservatoriyalarini bitirgan. 1935-y. dan Tbilisi konservatoriyasi (1942-y. dan prof., 1962-y. dan kompozitsiya kafedrasi mudiri), Gruziya Kompozitorlar uyushmasi (1953-y. dan raisi, 1973-y. dan faxriy raisi) da ishlagan. Birinchi gruzin baleta («Togʻlar qalbi», 1936; Navoiy teatrida ham qoʻyilgan, 1940) va simfoniyasi (1944) ning muallifi. Shuningdek, «Mziya» operasi (1950), 2 ta simfoniya, «Karsanis jangi», «Dengiz», «Dnepr» simfonik lavhalari, 4 ta fortepiano konserta va b. asarlarni yaratgan. Georgiy Melitonovich (1904.9Gʻ22.1, Peterburg – 1983, Nyu-York) — amerikalik xoreograf va balet artisti. Zamonaviy balet sanʼatining asoschilaridan. Dunyoga Jorj Balanchin nomi bilan mashhur. Meliton Antonovichning oʻgʻli. Peterburg teatr bilim yurtini (1921) bitirgan. 1921 — 24 y. larda Petrograd akademik balet teatrining yakkaxon artisti, «Yosh balet» truppasining tashkilotchisi. 1924-y. dan chet el (Yevropa va Amerika) da yashagan. Dyagilev teatri (Parij)da qator baletlarni sahnalashtirgan. 1934-y. da AQSHda balet maktabini va Amerika balet truppasini, 1948-y. da «Nyu-York siti balet» truppasini tashkil etgan. London, Parij, Milan, Kopengagen va b. Yevropa shaharlarida 100 dan ziyod baletlarni sahnalashtirgan, shu jumladan mumtoz cholgʻu, simfonik va opera (I. S. Bax, G. F. Gendel, V. A. Motsart, J. Vize, I. Stravinskiy va b.) asarlariga balet yaratgan. «Mashhur baletlarning batafsil tarixi» kitobining muallifi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x