GEOLOGIK SYOMKA

GEOLOGIK SYOMKA — Yer pusti muayyan qismining geologik tuzilishi va undagi foydali qazilmalarni topish va istiqbolini aniqlashning dala geologik tadqiqotlari majmui. Geologik syomka togʻ jinslarining tabiiy ochiq joylarini, togʻ inshootlari va burgʻi quduqlaridan olingan materiallarni oʻrganish, togʻ jinslari, minerallar va toshqotgan hayvon va oʻsimlik qoldiqlaridan namunalar olish, ularni turli tahlillar bilan oʻrganish va shular asosida xarita tuzishni oʻz ichiga oladi. Geologik syomka yeda yer yuzasining relyefi, geologik tuzilishi, togʻ jinslarining yoshi, boshlangʻich va keyingi jarayonlardagi oʻzgarishlari, magmatik jinslarning paydo boʻlishi xususiyati oʻrganiladi. Geologik syomka dala va kameral ishlar davrlariga boʻlinadi. Dala ishlari davrida dala geologik xaritasi tuziladi.

Hamma kuzatishlar dala kundalik daftarida kayd etiladi. Kameral ishlar davrida olingan namunalar lab. da turli usullar bilan tadqiq etiladi. Shu maʼlumotlar asosida dalada tuzilgan geol. xaritaga aniqliklar kiritiladi va geologik hisobot tuziladi. Quyidagi masshtabda davlat G. s. bajariladi: mayda masshtabli (1:1000000, 1:500000 va undan kichik), oʻrta masshtabli (1:200000, 1:100000), yirik masshtabli (1:50000, 1:25000) va mufassal (10000).

Geologik syomkani eng koʻp tarqalganlari marshrutli, maydonli va instrumentaldir. Marshrutli Geologik syomka yeda joyning koʻp qismi marshrutlar b-n kuzatiladi. Marshrut larni yunalishi koʻpincha togʻ jinslari va tuzilmalar yoʻnalishiga koʻndalang boʻladi. Maydonli syomkada maydonning hammasi kuzatish nuqtalari bilan qoplanadi. Asboblar yordamida qilingan Geologik syomka 1:10000 va undan yirikroq masshtabda bajariladi. Maydonli syomkadan farqi shundaki, geologik obyektlar topografik xaritaga maxsus asboblar yordamida tushiriladi. Keyingi vakdda chuqurlik Geologik syomka keng mikyosda rivojlandi. Bunday Geologik syomka Yer poʻsti qalin qatlamining geologik tuzilishini anikdash maqsadida bajariladi. Chuqurlik Geologik syomka geofizik, geokimyoviy metodlar yordamida, burgʻi qudugʻini kavlash, geomorfologik taxdil, aerosuratlarni oʻrganish asosida bajariladi. Oʻzbekiston Respublikasi hududida turli masshtabda Geologik syomka bajarilgan (q. Geologik xaritalar).

Anvar Joʻliyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x