GENERATOR LAMPA — yuqori chastotali tebranishlarni hrsil qiluvchi va kuchaytiruvchi elektr-vakuum asbob. Ish chastotasiga kura, past chastotali (/^axuzun va qisqa toʻlqinli (/^>xkuchaytirgich elektron lampalar kabi ishlaydi, lekin tuzilishiga kura ayrim xususiyatlari bilan ulardan farq qiladi. Generator lampalarni loyihalash jarayonida ularda ajraladigan issiklik energiyasini kamaytirish muammosini hal qilish talab etiladi. Ayniqsa Generator lampa elektrodlarida ajraladigan bir necha 100 kVt energiyani eng kam miqdorgacha pasaytirish katta muammo. Shuning uchun ham bunda sunʼiy sovitish usullaridan keng foydalaniladi. Kuchli Generator lampa (100 kVt gacha), havo yordamida, suv yordamida sovitiladi. Generator lampa larning anodi ochiq silindr yoki toʻgʻri burchakli parallelepiped koʻrinishida boʻlib, molibden, tantal, niobiy va qotishmalardan yasaladi. Yuqori quvvatli Generator lampa larning anodi stakan koʻrinishida yasaladi. Oʻta yuqori chastotali Generator lampa larning anodi esa koʻpchilik hollarda sterjen koʻrinishida boʻladi. Generator lampa larning qobiqlari shisha, keramika, metall, metall-shisha, va metall-keramikadan tayyorlanadi. Generator lampa triod, tetrod va pentod lampalar asosida yaratiladi. Kombinatsiyey Generator lampa lar: ikkilangan triodlar, ikkilangan tetrodlar, ikkilangan pentodlar ikki taktli generatorlarda foydalaniladi. Triodpentod asosida yaratilgan Generator lampalar ham ishlatiladi. Yangi turdagi Generator lampa — magnetron, klistron va b. ham yaratilgan. Ularda elektron optika usullaridan foydalanish natijasida elektrodlararo tok taqsimoti ancha yaxshilandi, elektrodlarda ajraladigan energiya ancha kamaytirildi, lampalarning foydali ish koeffitsiyenti oshirildi. Generator lampalar turli radiouzatgich qurilmalarda, radio-eshittirish, radionavigatsiya, radioastronomiya, radiometeorologiya, radiogeologiya, radioboshqaruv, radioaloqa, televideniye, yuqori chastotalar texnikasi va maxsus radioelektron qurilmalarda ishlatiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые