GAMBUZIYA

GAMBUZIYA (Gambusia) — karpsimonlar turkumiga kiradigan mayda baliq. G. Shim. Amerikaning sharqiy hududlari va qisman Jan. Amerika suv havzalarida yashaydi. Erkagining boʻyi 4 sm, urgʻochisiniki 7 sm gacha. Gambuziya suv hasharotlarining gʻumbak va lichinkalari, mayda qisqichbaqasimonlar bilan oziqlanadi. Erkagining qorin suzgich qanoti oʻzgarib, qoʻshilish organiga aylangan. Tuxum urgʻochisining jinsiy yoʻlida urugʻlanadi va 25—28 kunda rivojlanib, mayda (7—8 mm) chavoq baliq shaklida tugʻiladi. Gambuziya chavoklari bir oyda voyaga yetadi va kam nobud boʻladi, shu boisdan u juda tez koʻpayadi. Bezgak chivinlarining suvda yashaydigan lichinka va gʻumbaklarini yoʻqotish maqsadida 1930—40 y. larda G. Oʻrta Osiyoda, jumladan Oʻzbekistonda iqlimlashtirilgan. Gambuziya bezgak chivinini yoʻqotishda katta ahamiyatga ega. Biroq keyingi vaktlarda Gambuziya Oʻrta Osiyo suv havzalarida koʻpayib ketganligi tufayli foydali baliqpar ozigʻiga «sherik» boʻlib, baliqchilikka qisman ziyon yetkazmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x