GAZOTRON

GAZOTRONanod va katod elektrodlaridan iborat boʻlgan eng oddiy ion asbob. Ichiga argon yoki simob bugʻlari toʻddirilgan shisha ballon. Agar Gazotron elektrodlariga yetarli qiymatdagi anod kuchlanishi berilsa, termoion emissiya natijasida katod sirtidan elektronlar ajralib, elektr maydon taʼsirida musbat zaryadlangan anod tomon harakatlanadi. Bunda elektronlar gaz atomlari bilan toʻqnashib, ularni elektron va musbat ionlarga ajratadi. Natijada ionlashgan gazning turli rangdagi plazma holati yuzaga kelib, uning elektr oʻtkazuvchanligi keskin koʻtariladi va elektr razryadi (tok oʻtishi) sodir boʻladi. Shu sababli, ishlash tamoyili elektr razryadi hodisasiga asoslangan Gazotronlar elektron asboblarga nisbatan katta tok, yuqori f. i. k. ga va katta kuchaytirish koeffitsiyentiga ega boʻladi. Gazotrondan asosan oʻzgaruvchan tokni oʻzgarmas tokka aylantiradigan toʻgʻrilagich sifatida foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x