GAZLAR KINETIK NAZARIYASI

GAZLAR KINETIK NAZARIYASI — gazlarning asosiy fizik xossalari, ayniqsa, siyraklashtirilgan gaz xossalari haqidagi nazariya; unga koʻra gazlar uzluksiz (tartibsiz) issiqpik harakatida boʻlgan, bir-biriga taʼsir qilmaydigan zarralar (molekulalar yoki atomlar) toʻplamidan iborat. Yetarlicha siyraklashtirilgan gazlarda molekulalar oraligʻi molekulalarning oʻzaro taʼsir kuchi radiusidan katta. Maye, 1 sm3 gazda 10» molekula boʻlsa, ularning oraligʻi 10-ʻ sm yoki 100 A, oʻzaro taʼsir kuchining radius i bundan 10—20 baravar kichik. Ideal gazlarning molekulalari bir-biri bilan taʼsirlashmaydi, ular hamma yoʻnalishda bir xil tezlik b-n harakatlanadi. Gazlar kinetik nazariyasiga asosan gaz hajmining hamma jo-yida t-ra va bosim bir xil (issiqlik muvozanati), molekulalar tartibsiz harakatlanadi, t-ra yoki bosim oʻzgarsa, muvozanat buzil ad i, energiya, bosim, t-ra va h. k. gradiyentlari hosil boʻladi. Gazlar kinetik nazariyasida diffuziya hodisasi — molekulalarning massa tashishi, issiq oʻtkazuvchanlik — molekulalarning energiya tashishi, qovushoqlik — molekulalarning harakat miqdor tashishi deb qaraladi. Gazlar kinetik nazariyasida molekulalar S diametrli sharlar deb qaraladi, bu diametr erkin oʻtish yoʻli bilan quyidagicha bogʻlangan: /=1/7g62l0, bunda l0 — toʻqnashishlar soni. Gazlar kinetik nazariyasi kosmologiya, elementar zarralar fizikasi, plazma fizikasida keng tatbiq qilinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x