ALLERGEN — allergik reaksiyalarni keltirib chiqaruvchi modda. A. lar quyidagi guruhlarga boʻlinadi: noinfeksion Allergenlar — maishiy, epidermal Allergenlar, oʻsimlik gullarining changlari, oziq-ovqat, dori-darmonlar, turli xil kimyoviy moddalar. Infeksion Allergenlar — bakteriyalar, zamburugʻlar, viruslar va b. Maishiy Allergenlar — uy changi, par yostiq patlari, dafniya, kutubxona changlari. Epidermal Allergenlar — yovvoyi va uy hayvonlari (it, mushuk, ot, qoʻy va b.) juni, qazgʻogʻi. Dori A. lari: 0,9% li fiziologik eritma va glyukozadan tashqari deyarli hamma dorilar. Oʻsimlik gullarining changi 35 mkm dan kichik boʻlsa va oʻzida allergenlik xususiyatini namoyon etsa, shamolda uzoq masofaga ucha oladigan boʻlsa, allergik kasallik paydo qilishi mumkin. Bunday oʻsimliklarga ermon, burgon, makka, yalpiz va b. kiradi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые