ALITEGIN

ALITEGIN ibn Husayn (?—1035) — Movarounnahr ilikxoni (1025—34). Qoraxoniylardan. Movarounnahrni somoniylarash tortib olishda ishtirok etgan (999—1012). Nasr ibn Ali vafoti (1013)dan soʻng taxt uchun kurash chogʻida arslonxonlardan Muhammad ibn Ali tomonidan asir olingan. Taxm. 1025-y. asirlikdan qochib Buxoroni egallagan va saljuqiylardan Arslon ibn Saljuq b-n ittifoq tuzgan. Aliteginga qarshi ilikxon Mansur ibn Ali qoʻshin tortib kelgan, biroq magʻlubiyatga uchragan. Shuvdan soʻng A. Movarounnahrning markaziy qismi (Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo vodiysi) ilikxoni boʻlgan. Aliteginga qarshi Mahmud Gʻaznaviy va qoraxoniylarning Sharqiy Turkistondagi xoqoni Qodirxon Yusuf harbiy ittifoq tuzib (1025) Samarqand yaqinida Alitegin qoʻshini bilan toʻqnashgan. A. Samarqand va Buxoroni tashlab choʻlga chekingan, xotini va qizi raqiblari qoʻliga asir tushgan. Biroq Mahmud Gʻaznaviyning asl maqsadi Aliteginni faqat zaiflashtirish boʻlgani sababidan bir oz vaqtdan soʻng Movarounnahrni tashlab chiqqan. Alitegin yana oʻz mulkini qaytarib olgan. 1032-y. xorazmshoh Oltuntosh sulton Masʼud Gʻaznaviynnt topshirigʻiga koʻra, Alitegin yerlariga hujum qilib Buxoroni egallagan, biroq Dabusiya yaqinidagi jangda yarador boʻlib, vafot etgan. Xorazm qoʻshini sulh tuzib yurtiga qaytib ketgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x