ALIMENTAR DISTROFIYA (lot. alimentarius — ovqatga aloqador) , shish kasalligi — yolchib ovqatlanmaslik oqibatida roʻy beradigan kasallik. Moddalar almashinuvining jiddiy buzilishi, ozib ketish, darmonsizlik, teri osti yogʻ qavati (kletchatkasi)ning shishishi, assit, ichki aʼzolar va toʻqimalar funksiyasining buzilishi bilan kechadi. Alimentar distrofiyaga organizmda oqsil yetishmasligi, shu bilan birga, boshqa noqulay omillar (sovuq, jismoniy va ruhiy tanglik) sabab boʻladi. Davosi: quvvatga qirgʻizadigan va yengil hazm boʻladigan ovqatlar, vitaminlar beriladi. Bemor ovqatni ozozdan, sutkada 6—7 bor, boʻlib-boʻlib isteʼmol qilishi zarur. Ogʻirroq hollarda oʻrinda yotib davolanish, shuningdek glyukoza va qon quyish tavsiya etiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые