ALEKSANDRIYA (ISKANDARIYA) KUTUBXONASI

ALEKSANDRIYA (ISKANDARIYA) KUTUBXONASIellinizm davrida bunyodga kelgan mashhur kutubxonalardan biri. Aleksandriya (iskandariya) kutubxonasiga mil. av. 3 – a. da ptolemeylar sulolasi davrida yashagan atoqli olim va adiblar (Zenodot, Aristarx Samosskiy, Kallimax va b.) asos solgan. Bu yerda yunon fani va adabiyotiga doir koʻplab qoʻlyozma asarlari toʻplangan. Bundan tashqari, Sharq tillaridagi kitoblar ham boʻlgan. Kutubxona qoshida kitob koʻchiruvchilar guruhi ishlagan, kutubxona katalogi tuzilib, u vaqt-vaqti bilan toʻldirib turilgan. Kutubxonada 700 ming jildga yaqin kitob saqlangan. Aleksandriya (iskandariya) kutubxonasi (I.)k. uch asr davomida rivojlanib bordi. Mil. av. 48—47 y. lar Aleksandriya urushi davrida kutubxona asosiy toʻplamining bir qismi yonginda kuyib ketdi. Misrni Rim imperiyasi bosib olgach, Aleksandriya (iskandariya) kutubxonasi (I.) k. oʻz mavqeini yoʻqota bordi, qolgan qismi 7—8 – a. larda tamomila tugatildi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x