ARRAKASHLAR

ARRAKASHLARoʻtroq qorinli pardaqanotlilar kenja turkumi bir necha oilalarining umumiy nomi. Urgʻochisi arraga oʻxshash tuxum qoʻygichi yordamida oʻsimlik bargi, poyasi va organlariga tuxum qoʻyadi. Lichinkalarining tuzilishi va hayot kechirish xususiyati turli oilalarda bir xil emas. Haqiqiy Arrakashlar (Jenthredinidae) lichinkasining 3 juft koʻkrakoyoqlari bilan birga bir juft soxta qorinoyoqlari ham boʻladi, boshqa Arrakashlar lichinkasining qorinoyoqlari rivojlanmagan, koʻkrakoyoqlari kuchsiz rivojlangan. Lichinkasi oʻsimliklar ustida ochiq hayot kechiradi (Jenthredinidae oilasi) yoki oʻrgimchak turiga oʻxshash barglarni oʻrab oladigan toʻri ichida yashaydi (tur toʻquvchi Arrakashlar — Pamphiliidae). Shoxdor dumli (Siricidae) va poya A. (Cephidae) poyada yashirin hayot kechiradi. Lichinkasi tuproqqa tushib gʻumbakka aylanadi. Voyaga yetgan Arrakashlar gul nek-tari bilan oziqlanadi, lichinkasi oʻsimliklarga katta ziyon keltiradi. Arrakashlarda partenogenez koʻpayish keng tarqalgan, bir yilda 4 tagacha partenogenez boʻgʻini rivojlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x