ARIQ OQSOQSHI — Turkistonda 19-a. ning 2-yarmida daryodan boshlangan bosh ariqlarni boshqaruvchi mirob. A. o. qoʻl ostidagi ariklar bir nechta tumanlarni sugʻorgan. U shu ariqlarni nazorat qilib turish va dehqonlarni suv bilan taʼmin etish uchun daryoga oʻrnatilgan toʻgʻonni hamda bosh ariklarni har yili bahorda loyqadan tozalash va shoxobchalarning tegishli suvi (haqobasi)ni taqsimlab berish kabi vazifalarni bajargan. U uz xizmati uchun suvdan foydalanuvchilardan yigʻiladigan «mirobona» soligʻidan haq olgan. 19-a. oxirida faqat Samarqand vohasidagina 19 Ariq oqsoqshi boʻlib, ularning qoʻl ostida 309 mirob ishlagan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые