ARAB TILI

ARAB TILI — Somiy tillar guruhining jan. tarmogʻiga mansub til. Yaqin va Oʻrta Sharq hamda Afrika shim. dagi yigirmadan ortiq mamlakatning rasmiy davlat tili hisoblanadi. Arab tilida 200 mln. dan ortiq aholi gaplashadi (1997). Qadimiy Arab tili mil. av. 5 — 4-a. larga taalluqli obidalar orqali maʼlumdir. U mumtoz arab tilining paydo boʻlishiga zamin boʻlgan. Mumtoz Arab tilining leksik va grammatik shakllanishi johiliya davri (5 — 7-a. lar) shoirlarining ogʻzaki ijodlarida namoyon boʻla boshlagan. Qurʼoni Karimning nozil boʻlishi natijasida mumtoz Arab tili badiiyati yanada goʻzallashdi va grammatik meʼyorlari mukammallashdi. 8 — 9-a. larda mumtoz Arab tili grammatikasi ishlab chiqildi, islom yoyilgan oʻlkalarda rasmiy va ilmiy til boʻlib qoldi. Ibn Sino, Beruniy, Xorazmiy va b. ilmiy asarlarini ana shu tilda yozganlar. Mumtoz Arab tili leksik jihatdan bir oz oʻzgargan holda, hozirga qadar arablarning adabiy tili boʻlib kelmoqda. Buning asosiy sababi arab dunyosini birlashtirib turuvchi Qurʼoni Karim, Hadisi Sharif va b. moʻtabar manbalardir. Arab dunyosidagi vaqtli matbuot, nashrlar, radio va televideniye hoz. shu tilda. Arab soʻzlashuv tili adabiy tildan keskin farqlanadi, fonetik va leksik jihatdan bir-biriga oʻxshamaydi. Misr, Sudan, Suriya, Iroq, Magʻrib, Xasaniya (Mavritaniya), Shoa (Nigeriya, Kamerun, Niger) lahjalariga boʻlinadi. Ushbu lahjalar asosan 3 sababga koʻra yuzaga kelgan:

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x