ABDULMANNON KOTIB Abdulvahhob oʻgʻli (1880, Toshkent — 1945) — xattot. Abdulmannon kotib tomonidan nastaʼliq xati bilan koʻchirilgan 20 dan ortiq qoʻlyozma Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-ti qoʻlyozmalar fondida saqlanmoqda. Bular orasida Navoiyning «Xamsa» (1905) va «Majolis un-nafois» (1917), Mirzo Salimbekning «Kashkuli Salimiy» (1912), Binoiyning «Bogʻi eram» (1917), Afzal Pirmastiyning «Afzal ut-tazkor» (1917) kabi asarlari bor.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые