ABDIDARUN MAJMUASI

ABDIDARUN MAJMUASISamarqand qalʼa devorining sharqiy tomoni (darunichkari)da joylashgan qadimgi ziyoratgoh. 9 – a. da yashagan alloma Abd Maʼziddin qabri atrofida turli binolar paydo boʻlib meʼmoriy ziyoratgohga aylandi. Markazida eng yirik binoxonaqoh (15 – a.) koʻzga tashlanadi. Uning peshtoqi, gumbazi va devor bezaklari Ulugʻbek davri meʼmorligi mahsuli ekanligidan darak beradi. Ziyoratxona — jamoatxona masjid vazifasini oʻtagan. Xonaqohning ichida avliyoning maqbarasi bor. Taʼmirlash natijasida maqbara binosining dastlabki qiyofasi oʻzgarib ketgan. Hovli oʻrtasidagi sarhovuz chashmabuloq ustida boʻlgani uchun ham uning suvi qishinyozin bir xilda saqlangan, aholi orasida shifobaxsh hisoblangan. Hovli atrofidagi hujralar va gʻarb tomondagi jome masjid 19 – a. ga oid. Masjid bezaklari orasida ustalar nomi saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x