ABASHIDZE Irakliy Vissarionovich

ABASHIDZE Irakliy Vissarionovich (1909.10.11, Kutaisi gubernyasi Xoni qishlogʻi — 1992) — gruzin shoiri va jamoat arbobi. Gruziya FA akad. (1960). Gruziya Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi (1953—67). Gruziya Ensiklopediyasi bosh muharriri (1967-y. dan). Asarlaridagi asosiy mavzu — shoirning insonparvarlik burchi, Gruziyaning hoz. va oʻtmishdagi taqdiri («Guriya yashnayapti», 1950; «Yaqinlashish», 1966; «Bu qoʻshiqlar ham — Gruziyamga», 1971; sheʼriy toʻplamlari, «Rustaveli izidan» poemasi, 1966 va b.). «Yuksak mahorat uchun»(1959), «Doʻstlar, yoʻllar, oʻylar» (1979) kitoblari muallifi. Oybek, Gʻafur Gʻulom va b. bilan ijodiy muloqotda boʻlgan. Zulfiya sheʼrlarini gruzin tiliga tarjima qilgan. Oʻzbek tilida «Sheʼrlar» kitobi nashr qilingan (1962).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x