AEROSTAT (aero… va yun. states — qoʻzgʻalmas) — havodan yengil uchish apparati. Bunda koʻtarish kuchi zichligi havo zichligidan kam boʻlgan, qobiq (ballon) ichiga toʻldirilgan gaz (vodorod, geliy) dan hosil qilinadi. Dastlabki Aerostatni Fransiyada aka-uka Jozef va Etyen Mongolfyelar 1783-y. da uchirishgan. Boshqariladigan (dirijabllar) hamda boshqarilmaydigan Aerostatlar boʻladi. Boshqariladigan Aerostat larga dvigatel hamda havo vintlari oʻrnatiladi. Geliy vodoroddan ogʻirroq boʻlishiga qaramay, Aerostat larning qobigʻi koʻpincha geliy bilan toʻldiriladi, chunki vodorod oson oʻt olib ketishi mumkin. Boshqarilmaydigan Alar oʻz vazifasiga koʻra erkin va bogʻlab qoʻyiladigan Aerostat larga boʻlinadi. Stratostatlar, substratostatlar, havo sharlari erkin Aerostatlar boʻlib, ulardan i. t. ishlarida, bogʻlab qoʻyiladigan Aerostat lardan harbiy maqsadlarda, meteorologik tadqiqotlarda foydalaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые