ACHCHIQKOʻL KOLLEKTORI — Fargʻona vodiysidagi eng yirik kollektorlar tarmogʻi, Achchiqkoʻl va Shim. Bagʻdod kollektorlaridan iborat. 1970-y. da ishga tushirilgan. Achchiqkoʻl kollektori qurilishi b-n oldindan ishlab kelayotgan juda koʻp katta-kichik kollektorlar unga tutashtirildi va qadimdan hamda yangi oʻzlashtirilgan yerlardagi umumiy uz. 4,6 ming km boʻlgan drenajlarning ishi yaxshilanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые