AXSIKATIY Abu Roshid Ahmad ibn Muhammad (1073 — 1134) — tarixchi olim, shoir. Laqabi — «Zulfazoil» («Fazilatlar sohibi»). Marvda yashab, sulton saroyida munshiypik qilgan. Axsikatiyning «Kitob at-taʼrix» («Tarix kitobi»), «Kitob fiy qavlihim» («Ularning soʻzlari haqida kitob»), «Kitob az-zavoid fiy sharh Saqt uz-zand» («Chaqmoq tosh uchqunlari dostoniga bitilgan sharh») nomli asarlari saqlangan. Zahiridsin Bayhaqiyning yozishicha, Axsikatiy «Sulton al-fuzalo» («Fozillar sultoni») laqabi b-n mashhur boʻlib, Ozarbayjondagi otabeklar saroyida shoir boʻlgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые