AFRIKANERLAR (burlar; gollandcha — «dehqon» soʻzidan) — JARda yashovchi xalq. 18-a. da koʻchib kelgan golland, fransuz va nemis mustamlakachilarining avlodlari, qisman mahalliy aholi b-n aralashib ketganlar. Afrikanerlarning umumiy soni 3 mln. dan oshiq kishi (1992). German tillari guruhidagi afrikaans tilida soʻzlashadi. Dindorlari xristianprotestantlar. Afrikanerlar dehqonchilik, chorvachilik bilan shugʻullanadilar. Afrikanerlar madaniyat va turmushlarida Yevropa normalariga rioya qiladilar.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые