Ensefabol suspenziya — ichga qabul qilish uchun

DO`STLARGA ULASHING:

💊Ensefabol suspenziya — ichga qabul qilish uchun buyuriladi ( suyuqlik ).
💊Ensefabolni tabletkasi ham bor.

#Ensefabol suspenziya
#Энсефабол суспензия

💊DORI SHALI : 👇

Ichga qabul qilish uchun suspenziya ( suyuqlik ko’rinishida ).

💊TARKIBI : 👇

Piritinol digidroxlorid moddasi.

💊TA’SIRIGA KO’RA 👇

Nootrop vosita .

💊QO’LLANILISHI 👇

— Bosh miya faoliyatini patologik pasaygan funksiyasini oshiradi.
— Xotira buzilishida, diqqatni va e’tiborni bir joyga jamlay olmaslik holatlarida va fikrlash qobiliyati susayganda buyuriladi.
— Motivatsiya kuchini pasayishida ,
— Boshqa serebrovaskulyar kasalliklarda qo’llaniladi.

Yosh bolalarda esa : 👇

— Nerv psixik buzilishlarda qo’llaniladi.
— Qo’rqish oqibatidagi yosh bolalarda kuzatilgan duduqlanishda yaxshi vosita.

💊QO’LLASH USULI 👇

Kattalarga 2 choy qoshiqdan kuniga 3 mahal ichish buyuriladi.

3 kunlik chaqaloqlarga kuniga 1 ml dan beriladi.

1 yosh va 1 yoshdan katta bolalarga kuniga 0,5 — 1 choy qoshiqdan kuniga 1 — 3 martagcha ichirish mumkin.

7 yosh va undan katta bolalarga kuniga 1- 2 choy qoshidan 1 — 3 martagacha ichirish mumkin.

🔴NOJO’YA TA’SIRI 👇

— Ko’ngil aynish , qusish , diareya
— Teri toshmasi va teri qichishishi
— Uyquni biroz buzilishi

❌QO’LLASH MUMKINMAS 👇

— Preparatga allergik reaksiya bo’lganda.
— Surunkali revmatoid artrit kasalligida mumkin emas.
— Og’ir qon kasalliklarida mumkin emas.
— Og’ir jigar va buyrak kasalliklarida mumkin emas.
— Autoimmun kasalliklarda mumkin emas.
— Sistemali qizi bo’richa kasalligida mumkin emas ( СКВ ).

 

🔰ADMIN MASLAHATI 👇

💥Homiladorlik davrida shifokor maslahati bilan mumkin. Shifokor bilan maslahat qiling albatta.

💥Yana bir ma»lumot shuki , instruksiyasida yozilmagan holati bor. Bu yosh bolalarda hayoti davomida qo’rquv natijasida yoki boshqa sabab bo’lib duduqlanish holatida yoki so’zlashishning , nutqning buzilishi holatida bolaga ichiriladi. Amaliyotda yaxshi samara beryapti.

💥Preparat tugilganiga endi 3 kun bo’lgandan keyin qabul qilish buyuriladi. Yani chaqaloq tug’ilgach 3 kundan keyin buyursa bo’ladi.

 

💉Qo’llash — retsept bilan.
💉Ishlab chiqaruvchi — Avstriya

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x