DO`STLARGA ULASHING:
💊Ibuprofen
📝Tarkibi:Ibuprofen.Yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, gipromelloza, magniy stearati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, titan dioksidi, talk, polisorbat, polietilenglikol, karmoizin.
📝Farmakoterapevtik guruhi: Nosteroid yalligʻlanishga qarshi va revmatizmga qarshi vositalar.
👩⚕Qoʻllanilishi
Bosh va tish ogʻrigʻi, nevralgiya, orqa, boʻgʻimlar, mushaklardagi ogʻriqlarni, revmatik ogʻriqlarni, shamollash va gripp simptomlarini simptomatik davolash uchun qoʻllaniladi.
📝Qòllash usuli va dozalari:
Kattalarga kuniga 1-2 tabletkadan, bolalarga kuniga 1 tabletka.Davolash kursi 3-5 kun,agar simptomlar yòqlomasa shifokorga kòrinish zarur.
🚯Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:
➖Ibuprofenga yoki preparatning har qanday boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
➖Asetilsalisil kislotasi yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarni qo‘llashdan keyingi allergik reaksiyalar (bronxial astma, rinit, Kvinke shishi).