SOLIPSIZM

SOLIPSIZM (lot. solus — bir, yagona va ipse — oʻzim) — 1) voqelikda faqat inson va uning ongi mavjud, obyektiv dunyo va boshqa odamlar shu individning ongidagina mavjuddir, deb hisoblovchi falsafiy nazariya. Subyektiv idealistik taʼlimotlarning hammasi Solipsizmga moyil (Berkli, Fixte, Max va b.). S. insonning har qanday faoliyatini, shu jumladan, fanni ham maʼnosiz qilib qoʻyadi, chunki uning vakillari xar qanday narsa mening ongimga shunday boʻlib tuyuladi, xolos, deb fikr yuritishadi. Sezgnni bilishning manbai sifatida mutlaqlashtirish Solipsizmning gnoseologik asosi boʻlib xizmat qiladi;

2) etikada — oʻta xudbinlik, egotsentrizm maʼnosida ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x