SODIQOV Obid Sodiqovich

SODIQOV Obid Sodiqovich (1913.15.11 — Toshkent — 1987.22/7) — kimyogar olim, jamoat arbobi. Oʻzbekiston FA akad. (1947). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1960). Sodiqov sobiq SSSR FA akad. (1972). Mehnat Qahramoni (1973). Kimyo fanlari d-ri (1946), prof. (1947). Oʻrta Osiyo untini tugatgan (1937), shu un-tda dotsent (1942 — 46), Oʻsimlik moddalari (keyinchalik tabiiy birikmalar) kimyosi kafedrasida mudir (1946 — 74), ilmiy rahbar (1974-y. dan). Uzbekiston FA Kimyo in-ti direktori (194650). Oʻzbekiston FA Prezidiumi aʼzosi (194757). ToshDU rektori (195866). Oʻzbekiston FA prezidenta (196684). Oʻzbekiston FA Bioorganik kimyo boʻlimi rahbari (1973—77), Bioorganik kimyo in-ti direktori (1977—87). Asosiy ilmiy ishlari organik va bioorganik kimyoga oid. S. Oʻrta Osiyodagi oʻsimliklarni tekshirib, 100 dan ortiq dipiridil, xinolizidin, izoxinolin katori alkaloidlarini ajratib o. vdi, ularning tuzilishi, konformatsion holati va biogenetik oʻzgarishlarini anikdadi. Sodiqov rahbarligida gʻoʻza bargi, chigiti, qobigi, guli va gʻoʻzapoyadan uglevodorodlar, yuqori molekulali spirtlar, kislotalar, sterinlar, triterpenlar, flavonoidlar, polifenollar, gossipol va uning yoʻddoshlari, uglevodlar, shuningdek, A, Ye, R, Gʻ kabi vitaminlar ajratib olindi; koʻpgina preparatlar (anabazingidroxlorid, gossipol, gossipol linimenti, megosin malhami, batriden tabletkasi, gozanidon tabletkasi va b.) ni sanoat miqyosida i. ch. yoʻlga qoʻyiddi. Sodiqov tashkil qilgan maktabda gʻoʻzani vilt b-n kasallaniщlan himoya qilishning kimyoviy va biologik usullari ishlab chiqildi; muhim yoʻnalish — vilt qoʻzgʻatuvchi toksinlar kimyosi va biokimyosi sohasida tadqiqotlar oʻtkazildi. Gʻoʻza bargidan limon va olma kislotalari ajratib olishning sanoat usuli ishlab chiqildi (1956), shakar i. ch. chiqindisi (patika)dan mikrobiologiya usuli bilan itakon kislota olindi, dorivor moddalar, biostimulyatorlar sintez qilindi, hayot uchun muhim boʻlgan fiziologik faol tabiiy birikmalar va ularning sintetik analoglari tuzilishi bilan organizmdagi funksiyasi oʻrtasidagi bogʻlanish chuqur oʻrganildi, eukariotlar toʻqimalari genomining kooperativ aktivatsion modeli taklif etildi. Sodiqov darslik («Organik ximiya», hamkorlikda, T., 1971; «Organik ximiyadan praktikum», hamkorlikda, T., 1973), oʻquv qoʻllanmalari, ilmiy va ommabop kitoblar muallifi, ilmfan tashkilotchisi. Sodiqov SSSR FA Prezidiumi aʼzosi (1972—84). Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1979). Oʻzbekiston FA Bioorganik kimyo in-tiga O. S. Sodiqov nomi berilgan (1988). Toshkentdagi 249maktab, Sobir Rahimov tumanidagi mahalla, Shayxontohur tumanidagi koʻchalardan biri ham Sodiqov nomi bilan ataladi.

As: Sintez organicheskix preparatov piridinovogo ryada (v soavtorstve), T., 1974; Alkaloidы xinolizidinovogo ryada (v soavtorstve), M., 1975; Xolinesterazы. Aktivnыy sentr i mexanizm deystviya (v soavtorstve), T., 1976; Induktorы interferona (v soavtorstve), T., 1978; Xlopchatnik — chudo rasteniye, M., 1985.

Ad.: Abid Sadыkovich Sadыkov. Biobibliografiya, T., 1989; Vol kov V. A., Vonskiy Ye. V., Kuznetsova G. I., Vыdayushiyesya ximiki mira M., 1991.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x