SEMAFOR

SEMAFOR (frans. semaphore, yun. sema — belgi va phoros — eltuvchi) — 1) t. y. dagi muqim (statsionar) signal qurilmasi. Machta, qanotlar (1—3 ta) va kanotlarning vaziyatini oʻzgartirib turadigan yuritmadan iborat. Qanotlarning har bir vaziyati lokomativ (teplovoz yoki elektrovoz) mashinistini harakatlanishga ruxsat berish, harakatlantirishni taʼqiqlash yoki tezlikni oʻzgartirish toʻgʻrisida ogoxlantiradi. Mac, 2 qanotli Semaforning yuqori qanoti gorizontal vaziyatda tursa va taqikdovchi qizil chiroq yonsa, poyezd toʻxtashi kerak. Agar pastki qanot machta oʻqi boʻylab tik tursa va sariq chiroq yonsa, tezlikni kamaytirish kerak boʻladi. Agar yuqori qanot machta oʻqiga 135° burchak ostida tursa va yashil chiroq yonsa, poyezd belgilangan tezlikda harakatni davom ettirishi mumkin. Kechasi yoki yaxshi koʻrinmaydigan sharoitda (tuman tushganda, qor yoki yomgʻir yogʻayotganda) qoʻshimcha ravishda signal chiroklari ham yonadi; 2) xarflar, raqamlar va xizmatga doir signallar maxsus alifbo (rus, lotin va b.) yordamida qoʻldagi rangdor bayroqlar orqali uzatiladigan vizual (koʻrinma) aloqa vositasi. Bu usulda 2,5 km gacha uzoqqa signallarni minutiga 60—70 belgi tezlikda uzatish mumkin. Bunday Semafor flotda (asosan, harbiy flotda) va quruqlikdagi qoʻshinlarda qoʻllanadi;

3) dengiz (daryo) Si — taxtacha (rey)li signal machtasi. Dengiz yoki daryoning kemalar faqat bir yoʻnalishda suzishi lozim boʻlgan joyiga oʻrnatiladi.

1 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x