STEKLOV Vladimir Andreyevich [1863.28.12, Gorkiy (hoz. Nijniy Novgorod) — 1926.30.5, Qrim; SanktPeterburgda dafn etilgan] — rus matematigi. Peterburg FA akad. (1912) vitseprezidenti (1919—26), N. A. Dobrolyubovning jiyani.
Ilmiy ishlarining asosiy qismi aniq matematik usullarni tabiatshunoslikka qullashga, matematik fizikaning chegaraviy masalalariga bagʻishlangan. Potensiallar nazariyasiga, Gilbert fazosi tushunchasiga katta axamiyat berdi. Soha chegarasida nolga aylanuvchi funksiyalar uchun aniq konstantal Puankare tengsizligi tipidagi funksional tengsizlik kiritdi.