SIYDIK CHIQARISH KANALI, uretra — odam, umurtqali hayvonlar va baʼzi umurtqasizlarda qovuqdan tashqariga siydik chiqadigan yoʻlning uchki qismi. Nay shaklida, devori ichki (shilliq) parda, muskulli va biriktiruvchi toʻqimali qavatlardan iborat. Ayollar Siydik chiqarish kanali (uzunligi 4—5 sm) qovuq tubidagi teshikdan boshlanib, tashqi teshigi qin daxliziga klitordan bir oz pastroqda ochiladi. Erkaklar Siydik chiqarish kanali (uzunligi 20 sm gacha) qovuqdan ichki teshik bilan boshlanadi, prostata bezining ichidan oʻtib, siydiktanosil diafragmasini teshib chikadi va erkaklik olati gʻovak tanasining ichida yoʻnalib, olat boshchasida ochiladi. Siydik chiqarish kanalining qovuqdan boshlanadigan qismi muskulli halqa bilan oʻralgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые