SAROY

SAROY — 1) dastlab hukmdorlar (xon, podshoh, amirlar va b.) qarorgohi boʻlib xizmat qilgan hashamatli ulkan bino, qasr. Keyinchalik turli serhasham hovlili binolar ham Saroy nomini olgan. Qad. Misrda ilk podsholik davri (mil. av. 3ming yillik)dayoq firʼavnlar oʻz xonadonlari uchun saroysimon binolar, serhasham ibodatxona S. lari qurilishiga ahamiyat berganlar. Mesopotamiya va Bobildagi Saroylar qatʼiy loyiha asosida mahobatli qilib qurilgan, koshinlar bilan bezatilib, osma bogʻlari boʻlgan. Arab mamlakatlari, Eronda, Xitoy (q. Imperator saroyi), Yaponiyada ham Saroy larning dabdabali boʻlishiga ahamiyat berilgan.

Yevropada oʻrta asr shaharrespublikalari rivojlanishi bilan maʼmuriy boshqarish organlari hamda mansabdorlar Saroylari paydo boʻldi. Italiyada Siyenadagi Publiko palassosi, (1297—1310); Venetsiyada Dojlar saroyi, Ispaniyada Alhumro saroyi shular jumlasidandir. Din arboblari ham oʻzlari uchun Saroylar qurdirdilar (Orviyetoda papa saroyi. 13-a., Rossiyada patriarx va arxiyereylar Saroylari). 15—16-a. lardagi mahobatli Saroylar keng ichki hovlilari, kutubxonalari, devoriy bezaklari va noyob narsalar saqlanadigan zallari bilan shaharning butun bir qismini egallagan. Bu turdagi Saroylar qirol, imperator S. larining shakllanishiga kuchli taʼsir kursatgan (Madrid yaqinidagi Eskorial, 16-a. ; Parijdagi Luvr, 16—18-a. lar. Bu davr S. lari mujassamotining xarakterli xususiyati anfiladalarida, tarzi kolonnadalar bilan bezatilishida, bino bilan muhitni bogʻlovchi rizalitlarda koʻrinadi.

Oʻrta Osiyo S. meʼmorligi uziga xos uslubda bunyod etilganligi bilan ajralib turadi. Tuproq qalʼatsati Saroyning 300 ga yaqin xonalari, keng tantanavor zallari, qabulxonalari, xazinaxonalari bulgan. Bapaxuia, Afrosiyob, Xolchayon S. bezaklarida tasviriy sanʼat asarlarihaykalchalar oʻyma naqshlar va rangbarang devoriy rasmlar ishlangan. Amir Temur hukmronligi davrida (14a.) qurilgan Shahrisabzdagi Ok saroy, Samarqanddagi Boʻstonsaroy, Koʻksaroy hamda Amir Temur bogʻlariayagi koʻplab Saroy larning meʼmoriy tuzilishi, ulardagi serhasham bezaklar oʻziga xos nafisligi b-n ajralib turgan. Buxoro arki, Koʻxna ark Qoʻqon oʻrdasi va b. xon S. larining meʼmoriy shaklida Samarqand, Fargʻona meʼmoriy maktablari uslublari oʻz ifodasini topgan. Ularda xalq ustalarining qurish anʼanalari, naqshinkorlik bezaklari milliy uslublar namoyon boʻlgan. Sipgorai Mohi Xosa, Nurillaboy saroyi, Romanov saroyida Yevropa va milliy meʼmorlik oʻzaro uygʻunlashgan. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida koʻhna Saroy binolaridan muzey, kutubxona, dam olish uylari sifatida foydalanilgan;

2) oʻrta asrlarda Sharqda karvonlar toʻxtab oʻtadigan rabot (q. Karvonsaroy);

3) zamonaviy meʼmorlikda muayyan maqsadda bunyod boʻlgan muhim inshootlar (Madaniyat saroylari va uylari, kinokonsert, nikoh uylari, sport Slari va b.). Oʻzbekistonda Sanʼat saroyi, Xalqlar doʻstligi saroyi shunday inshootlardandir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x