SUSAMIR VODIYSI, Susamir soyligi — Tyanshandagi soyliklardan biri. Shim. dan Talas Olatovi bilan Qirgʻiziston Olatovi, jan. dan Susamirtov bilan Jumgʻaltov orasida (Qirgʻiziston) joylashgan. Yer yuzasi, asosan, tekis. Vodiydan Susamir va Gʻarbiy Qorakoʻl (Norin havzasi) daryolari oqib oʻtadi. Vodiy tubi 2100 — 2500 m balandliqda, qisman botqoqlashgan. Togʻ oʻtloq dashtlaridan yaylov sifatida foydalaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые