SUMBULA — ertapishar piyoz navi. Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik in-tida Gollandiya namunasi populyatsiyasidan yakka tanlash usulida chiqarilgan (A. Abbosov, D. S. Maqsudxoʻjayev, D. M. Islomov; 2000). Piyozboshi yumaloq, vazni 90—120 g, poʻstining rangi sariq, ichki poʻstlari etli, oq, qalinligi 2,5 mm. Oʻsimligi sovuqqa chidamli. Piyozining taʼmi sal achchiq. Hosili may oyida pishib yetiladi, okt. — noyab. gacha yaxshi saqlanadi. Nav erta kuzgi, avg. ning ikkinchi yarmi hamda sent. ning birinchi yarmida ekiladi. Ushbu muddatda gulpoya chiqarmaydi. «Toʻqsonbosti» va erta bahorda ekish mumkin emas. Sumbula piyoz navi. Hosildorligi oʻrtacha 400—500 s/ga, yaxshi parvarish qilinganda gektaridan 700—800 s hosil olinadi. Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Toshkent viloyatlari uchun r-nlashtirilgan (2003).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые