SULFGIDRID GURUHLAR (tiol, SH guruxlari) — sulfid kislota H2S (vodorod sulfid)ning qoddigʻi; nordon tuzlar gʻamda organik birikmalar tarkibiga kiradi. Sulfgidrid guruhlarni sulfid kislota tarkibidagi vodorodning organik radikallar yoki metallarga almashinishi orqali hosil qilish mumkin. Mas, kislotaga etilen oksid taʼsir ettirilsa, quyidagi birikmalar vujudga keladi: Agar kislotadagi vodorod oʻrniga metall almashinsa, gidrosulfidlar hosil boʻladi.
Sulfgidrid guruhlarning oʻziga xos xususiyati ularning osongina oksidlanib, disulfid — S— S — bogʻlar hosil qilishi va qaytarilib SH guruxGʻhriga aylanishidir. Shu boisdan Sulfgidrid guruhlar oksidlanishqaytarilish reaksiyalariga oson kirishadi.
Sulfgidrid guruhlar saklovchi glyutation (tripeptid), A kofermenti, sistein (aminokislota) va tarkibida uning qoldigʻini saqlovchi oqsil moddalar organizmda kechadigan biokimyoviy jarayonlarda muhim rol oʻynaydi.