SUDAKLAR

SUDAKLAR, slalar (Lucioperca) — olabugʻasimonlar oilasiga mansub baliklarning bir urugʻi. 5 turi maʼlum. Gavdasining uz. 130 sm cha, vazni 20 kg gacha. Oddiy Sudaklar xoʻjalik ahamiyatiga ega. Orqasi yashilkulrang, ikki yonida 8—12 ta qoʻngʻirqora yoʻllari bor. Yelka va dum suzgichlarida qora dogʻlari boʻladi; boshqa suzgichlari sargʻish tusda. Erkagi suv tubida uya yasab, shu uyada urgochisi tashlagan uvildiriqni qoʻriqlaydi. Baliq va b. hayvonlar bilan oziklanadi. Yevropa, Shim. Amerika va Osiyo suv havzalarida, jumladan, Boltiq, Qora, Azov, Kaspiy, Orol dengizi va baʼzi daryolarda tarqalgan. Issiqkoʻl, Balxash va b. suv havzalarida iqlimlashtirilgan. Orol dengizida urchish uchun martaprel oylarida qirgʻoqqa keladi. Sirdaryo va Amudaryoga ham oʻtadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x