SMORODINA, qoraqat (Ribes) qoraqatdoshlar oilasiga mansub butasimon kup yillik usimliklar turkumi, rezavor meva. Vatani — Yevropa. Sning Yevrosiyo, Shim va Jan. Amerikaning sovuq va moʻtadil, Afrikaning muʼtadil mintaqalarida oʻsadigan 150 yovvoyi turi bor. Yevropa, Osiyo va Shim. Amerikada ekiladi. Oʻzbekistonda R. janczewskii A. Pojar (Yanchevskiy Si), R. meyeri Maxim (Meyer Si), togʻli hududlarda butazorlar orasida; soylarda, tog yon bagʻirlarida yovvoyi holda oʻsadi. Sning kora (R. nigrum L), qizil S. (R. rubrum), tillarang Smorodina (R. aureum) va b. turlari ekiladi. Novdalari silliq, baʼzan, tikanli, bargi bandli, gullari mayda, yangi oʻsib chiqqan novda koʻltigʻida paydo boʻlgan gulining rangi oq, toʻpguli shingil. Mevasi mayda, yumaloq, shingilli, baʼzan donadona, bandidan oson uziladi. Taʼmi shirin, nordon. Mevasi yangiligida isteʼmol qilinadi, undan murabbo, jem, sharbat, vino va b. tayyorlanadi.
Koʻproq qora Smorodina ekiladi. Mevasi avg. — sent. da birinketin pishadi. Tarkibida 4,5—12,8% kand, 2—4,5% limon va olma kislotalar, 80—100 mg% xushboʻy moddalar, kalsiy, fosfor va V, vitaminlari, pektin moddalari mavjud. Smorodina koʻk qalamchalaridan va parxish yoʻli b-n koʻpaytiriladi. Koʻchati oʻtqazilgach, 2-yili hosilga kiradi. Oʻzbekistonda simbagʻazlarga koʻtarib oʻstiriladi. Hosil shoxlari 1—3 yil yashaydi. 6—7 yillik shoxlari kesib tashlanadi. 18—20° da yaxshi oʻsib rivojlanadi. Qattiq sovuqlarga chidamli. Namsevar, tuproq unumdorligiga talabchan. Smorodina oziq moddalarga boy, sernam, suvni yaxshi oʻtkazadigan, yer osti suvlari kamida 1,5 chuqurlikda boʻlgan yerlarda yaxshi oʻsadi. Smorodina koʻchatlari erta bahorda yoki kuzda kagor oraligi 2,5 m, tup oralari 1 — 1,5 m sxemada ekiladi. Yoz davomida qator oralari yumshatiladi, 6—12-marta sugʻoriladi. Har tupidan 6—8 kg dan hosil olinadi.
Oʻzbekistonda Bogʻdorchilik, uzumchilik, vinochilik i. t. in-tida qattiqetli, Oʻzbekiston navlari chiqarilgan (1959).
Kasalliklari : antraknoz, zang; zararkunandalari: barg, novda, gʻuncha gallitsalari, smorodina kurtak kanasi, bitlar, qalqondorlar.
Ad.: Abdullayev R., Yagudina S, Tomorqada yetishtiriladigan rezavor mevalar, T., 1989.