SLYUDALAR

SLYUDALARjins hosil qiluvchi minerallar (alyumosilikatlar) guruhi; qatqatsimon silikatlar kichik sinfiga mansub, murakkab va bekaror tarkibli: R,, R23 [AlSi3OJ (OH,F)2, bunda R,=K, Na; R2, = Al, Mg, Fe, Li. Bu guruh keng tarqalgan intruziv, metamorfik va choʻkindi togʻ jinslarining jins hosil qiluvchi minerallaridan boʻlib, muhim foydali qazilma hisoblanadi. Yer poʻstidagi umumiy mikdori 3,8%ga yetadi. Slyudalar monoklin (soxta trigonal) singoniyada kristallanadi. Tabiatda turli otqindi va metamorflashgan togʻ jinslari orasida, yirik kristallari pegmatitlarda, baʼzan yuqori va oʻrtacha trlarda yuzaga kelgan volfram, molibden va b. foydali qazilmalarning gidrotermal konlarida uchraydi. Slyudalar yopishkrkligi va egiluvchanligi tufayli shaklini tez oʻzgartiradi, yengil jilolanadi. Slyudalar guruhiga kiradigan minerallarning kimyoviy tarkibi oʻzgaruvchan. Bir xil kationlarning boshqa bir kationlar bilan almashinish hollari juda koʻp uchraydi. Kimyoviy tarkibiga koʻra, Slyudalar quyidagi turlarga boʻlinadi: alyuminiyli Slyudalar — muskovit, paragonit; magnezial temirtoshli Slyudalar — flogopit, biotit, lepidomelan; litiyli Slyudalar — lipidolit, sinnvaldit, tayniolit; shuningdek, vanadiy l i S. — roskoelit; xromli Slyudalar — xromli muskovit yoki fuksit va boshqalar. Slyudalar tarkibida koʻpincha kamyob elementlar (Be, V, Sn, Nb, Ta, Ti, Mo, W, U, Th, Y, TR, Bi) boʻladi. Mineralning qatqatsimon koʻrinishi, juda yupqa, egiluvchan va mustahkamligini saqlab qoluvchi qatlarga boʻlinishi Slyudalarning paketlararo aloqasining kuchsizligi bilan bogʻliq. Qattiqligi 2,5—3; zichligi 2,8 g/sm3 (muskovit), 3,3 g/sm3 (biotit), 2,2 g/sm3 (flogopit). Muskovit va flogopit rangsiz, yupqa qatlamlari shaffof; kuchsiz qoʻngʻir, binafsha, yashil tuslari Fe2+, Mn2+, Sg2+ va b. birikmalar bilan bogʻliq. Temirli Slyudalarning qoʻngʻir, jigarrang, toʻq yashil va kora boʻlishi tarkibidagi Fe2+, Fe3+, Sg2+va b. nisbatiga bogʻliq. Slyudalar elektrotexnika sanoatida izolyator sifatida qamda slyuda kukuni, oʻtga chidamli materiallar, gulqogʻozlar, slyudali karton, issiqqa chidamli boʻyoq, har xil keramik mahsulotlar tayyorlashda ishlatiladi. Slyudalar konlari xorijda RF (Irkuts viloyati, Kareliya, Murmansk viloyati, Kola ya. o., Saxa), Hindiston, Braziliya, AQSH va Kanadada mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x