SALEXARD (1933-y. gacha Obdorsk) shahar, RF Tyumen viloyati Yamal Neneslari muxtor okrugi markazi. Poluy daryosi Ob daryosiga quyiladigan joydagi dare porti, Shim. kutbiy doira yaqinida. Obning qaramaqarshi sohilida Labitnangi t. y. stansiyasi bor. Aholisi 30,5 ming kishi (1998). Baliq konserva, sut z-dlari, uysozlik k-ti mavjud. Kurilish detallari ishlab chiqariladi. Yogʻoch ortishtushirish bazasi, zooveterinariya texnikumi, tibbiyot va ped. bilim yurtlari, madaniyatmaʼrifat bilim yurti, oʻlkashunoslik muzeyi ishlab turibdi. Shaharga 1595-y. da asos solingan. Salexardning avvalgi nomi Obdorsk — Ob daryosi va komi tilida «dor» — yoni soʻzlaridan kelib chiqqan; lekin, neneslar shaharni azaldan «Salexard», yaʼni, suv yoqasidagi manzilgoh deb atab keladilar.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые