SALAVK I Nikator (yun. Seleukos Nikator — «Muzaffar») (mil. av. 358/ 354—281/280) — Salavkiylar davlati va sulolasi asoschisi. Makedoniyalik mashhur Antioxning oʻgʻli. 326-y. Aleksandrning Hindistonga qilgan yurishlarida mashhur sarkarda sifatida nom chiqardi. Aleksandr oʻlgandan keyin uning safdoshlari (diadoxlar) bilan taxt uchun shafkatsiz kurash olib bordi. 321-y. Bobil satrapligini boshqarish unga topshirilgan. 312-y. ga kelib («salavkiylar erasi»ning boshlanishi) bu yerda mustahkam oʻrnashib olgach, Midiya, Suziana va Forsiya (Persida)ni, keyinchalik Baqtriyani ham oʻz mulkiga qoʻshib oldi va oʻzini shoh deb eʼlon qildi. Taxm. 305-y. da Hindistonga muvaffaqiyatli yurish qildi, lekin Gʻarbdan tashvishli xabar olgandan soʻng, hind shohi Chandragupta bilan 500 fil evaziga sulh tuzdi va egallab olgan hududni qaytarib berdi. Ipsdagi jang (mil. av. 301) natijasida (diadoxlar oʻrtasida yer boʻlinganda) Mesopotamiya va Suriyani oldi. 281-y. Lisimaxni tormor qilib Kichik Osiyoning deyarli hamma hududini egallab oldi. S. I Makedoniyaning podshosi boʻlish maqsadida Frakiya va Makedoniya tomon yurish boshlagan. Lekin, Ptolemey Lagning oʻgʻli Ptolemey Keravn tomonidan oʻldirilgan. Salavk I 70 ga yaqin shaharga asos solgan. Bu shaharlar Salavkiylar davlatining tayanchiga aylangan.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии