OPTIK FAOLLIK

OPTIK FAOLLIK — baʼzi moddalar (kvars, skipidar, qotishmalar) va bugʻning oʻzidan yorugʻlik oʻtkazayotganda qutblanish tekisligining aylanishini vujudga keltirish xossasi. Tabiiy va sunʼiy boʻlishi mumkin. Optik faol moddalar tabiiy Optik faollikka ega; sunʼiy Optik faollikni esa tashqi taʼsir, mas, tashqi magnit maydoni hosil qiladi. Yorugʻlik qutblanish tekisligining sr bur-chakka oʻzgarishi Optik faollikning miqdoriy xarakteristikasidir. U muhitda yorugʻlikning oʻtgan yoʻliga va toʻlqin uzunligiga toʻgʻri proporsional. Bunday bogʻlanish Optik faollik dispersiyasi deyiladi. Optik faollik dispersiyasi molekula tuzilishiga, molekulalararo taʼsirga, t-ra hamda bosimga bogʻliq. Optik faollik usulidan fizika, kimyo, biologiya va b. sohalarda keng foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x