DIJON

DIJONFransiya shim. dagi shahar. Kot-dʻOr departamentining maʼmuriy markazi. Oʻrta asrlarda Burgundiya tarixiy viloyatining bosh shahri va iqtisodiy markazi boʻlgan. Aholisi 153,8 ming kishi (1999, shahar atrofi bilan 200 ming kishi). Transport yoʻllari tuguni. Burgundiya kanali sohilidagi port. Mashinasozlik, kimyo, poyabzal, oziqovqat sanoati korxo-nalari bor. D. da mashhur Burgundiya vinosi tayyorlanadi. Aholi gulchilik bilan ham shugʻullanadi. Un-t (1722), badiiy muzeylar bor. 10— 18-a. larga oid koʻplab meʼmoriy yodgorliklar: Sen-Benin sobori, Sen-Filiber roman cherkovi, Notrdam gotika cherkovi, Burgundiya gersoglari saroyi va b. saqlangan. Shahar sifatida 1183-y. dan maʼ-lum.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x