SEVAN

SEVAN, Goʻkcha — Armaniston va Kavkazdagi eng katta koʻl, 1900 m balandlikda. Mayd. 1360 km2. Oʻrtacha chuq. 28,5 m. Eng chuqur joyi 83 m. S. ni 2 ta burun shim. gʻarbiy (Kichik Sevan) va jan. sharqiy (Katta Sevan) qismlarga ajratib turadi. Koʻlga 28 soy quyiladi, koʻldan Razdan (Zanga) daryosi oqib chiqadi. Bu daryoga 6 ta GES qurilgan. Sda xonbaliq va b. baliklar ovlanadi. Koʻl suvi va Razdan daryosining suvidan Sevan GES kaskadida foydalaniladi. Arpa daryosining suvini koʻlga quyish uchun Arpa — Sevan tonneli (uz. 49 km) qurilgan. Sevan sohilida Sevan sh. joylashgan. Koʻl atrofi dam olish zonasiga aylantirilgan. Turizm rivojlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x