DASTSHOʻY

DASTSHOʻY, dashshu — qoʻl yuvishda ishlatiladigan roʻzgʻor buyumi. Qoʻqonda dashshu, Andijon, Fargʻona, Namanganda chilopchin deb ataladi. Dastshoʻy 3 qismdan — dumaloq yassi (baʼzan kungurali) palla, suvdon va shabakali (panjarasimon) qopqoqdan iborat. Dastshoʻy larning shakli va yasalish usuli bir xil, lekin ular turlicha bezatiladi. Asosan mis, sopol, tunukadan yasalgan. Dastshoʻy qadimda obdasta (oftoba) bilan birga qoʻshib sotilgan. Buxoro, Toshkent, Fargona vodiysi, Xorazmda Dastshoʻy minokorlik, sovotkorlik uslubida girih, islimiy naqshlar, ayrim hollarda tasvirlar bilan bezatilib, har xil qimmatbaho toshlar qadalgan, rangli surgichlardan foydalanilgan. Shahrisabz, Qarshida mis D. larga oq qalayi qoplab turli mis bezaklar kadalgan. Dastshoʻy namunalari respublika muzeylarida saqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x